Muzrabot tuman sobiq hokimiga nisbatan jinoyat işi qözğatildi
Muzrabot tuman sobiq hokimiga nisbatan jinoyat işi qözğatildi
Joriy yilning sentabr oyida lavozimidan ozod qilingan Muzrabot tumanining sobiq hokimi Erkin Alimovga nisbatan DXX Surxondaryo viloyati böyiça Boşqarmasi tomonidan Jinoyat Kodeksining 167, 205 va 209-moddalari bilan jinoyat işi qözğatilgan. Bu haqda ÖzA (@uzauz) xabar bermoqda.
Dastlabki tergov harakatlari davomida maʼlum bulişiça, u mazkur tumandagi umumiy qiymati 1,7 mlrd. söm bölgan 4,2 gektar yer maydonini auksion savdolarisiz özining yaqin qarindoşlariga rasmiylaştirib bergan.
Şuningdek, tumandagi banklar uning yaqin qarindoşlari nomlariga turli maqsadlarda 166 mlrd. söm miqdorida imtiyozli kredit mablağlari ajratgan bölib, ularning katta qismi muammoli kreditga aylangan. Hozirda bank muassasalari tomonidan öz vaqtida tölovlari amalga oşirilmagan 121 mlrd. 406 mln. sömlik kredit mablağlarini undiriş yuzasidan tegişli işlar olib borilmoqda.
Bundan taşqari, “Surxondaryodonmahsulotlari” AJda olib borilayotgan taftiş davomida aniqlanişiça, Alimov Erkin iştirokida qiymati 35 mlrd. sömlik 9,6 ming tonna don talon-toroj qilingan. Taʼkidlaş lozimki, Erkin Alimov 2010 —2017 yillarda uşbu Jamiyat rahbari lavozimida faoliyat olib borgan. Hozirda jinoyat işi böyiça Jamiyatning 20dan ortiq masʼul-mansabdor şaxslari tergov harakatlariga jalb qilingan va ular A.E.ning noqonuniy hatti-harakatlari yuzasidan körsatmalar bermoqda. Hozirda tergov harakatlari davom ettirilmoqda.
👉 @xushnudbek 👈


