Tezkor

Magistraturada tahrirlaş oçildi

Matn25-avgust, 2026, 14:201 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

⚡️Magistraturada tahrirlaş oçildi. 26-avgust kuni soat 14:00 ga qadar arizalarni tahrirlaş mumkin

✅ 2026/2027-öquv yili uçun davlat oliy taʼlim taşkilotlari magistraturasiga qabul böyiça my.edu.uz elektron tizimi orqali onlayn röyxatdan ötgan talabgorlarning arizalari körib çiqildi.

Körib çiqiş natijasida ayrim arizalar turli sabablar, jumladan, tanlangan mutaxassislik bitiruvçining taʼlim yönalişi böyiça mos yoki turdoş emasligi, xorijiy tilni biliş böyiça sertifikat, şuningdek, SAT sertifikati tasdiqlanmagan yoki belgilangan darajada bölmagan, söralgan hujjat örniga boşqa hujjat yuklangan yoki töliq yuklanmagan, xorijiy tildagi taʼlim dasturini yakunlaganligi tasdiqlanmagan, hujjatlar sifatsizligi hamda boşqa sabablarga köra rad etilgan.

Şuni inobatga olib, arizasi yuqoridagi kabi kamçiliklar sababli rad etilgan talabgorlarga 2026-yil 26-avgust kuni soat 14:00 ga qadar my.edu.uz elektron tizimi orqali arizalarini qayta tahrirlaş va aniqlangan kamçiliklarni bartaraf etiş imkoniyati beriladi.

Eʼtibor bering: 26-avgust kuni soat 14:00 dan söng arizalarni tahrirlaş imkoniyati berilmaydi. Aniqlangan kamçiliklar öz vaqtida bartaraf etilmagan arizalar körib çiqilmaydi.

❌Xorijiy tilni biliş darajasi böyiça talab etilgan milliy yoki xalqaro sertifikatga ega emasligi yoxud mavjud sertifikat talab darajasiga javob bermaganligi sababli rad etilgan arizalarni qayta tahrirlaş tavsiya etilmaydi.

🚫Bunday holatda qayta tahrirlangan arizalar ham körib çiqilmaydi.

👉 @xushnudbek 👈

  • 6 Telegram Stars
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek