Muhim

Magistraturaga qabul boşlandi

Video1-iyul, 2026, 14:373 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

❗️Magistraturaga qabul boşlandi

2026/2027-öquv yili uçun davlat oliygohlarining magistratura mutaxassisliklariga hujjatlar qabuli 1–30-iyul kunlari my.edu.uz platformasi orqali onlayn amalga oşiriladi.

📝 Magistraturaga tanlovda iştirok etiş uçun bakalavr diplomi hamda mutaxassislik böyiça belgilangan darajadagi milliy yoki xalqaro çet tili sertifikati talab etiladi.

Şu bilan birga, Prezident va nomli davlat stipendiyalari sohiblari, davlat mukofoti sovrindorlari, respublika fan olimpiadalari ğoliblari, köriş, eşitiş yoki nutqida nuqsoni bölgan nogironligi mavjud şaxslar hamda bakalavriatni xorijiy tilda tamomlagan bitiruvçilardan çet tili sertifikati talab etilmaydi.

📋 Magistraturaga kiriş uçun talab etiladigan çet tili sertifikatlarining mutaxassisliklar kesimidagi röyxati bilan uşbu havola orqali tanişiş mumkin.

👉 @xushnudbek 👈

  • 1 Telegram Stars
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek