2026/2027-öquv yili uçun magistraturaga qabul böyiça turdoş yönalişlar röyxati tasdiqlandi
Magistratura turdosh 2026-2027.pdf
PDF · 831 KB
⚡️2026/2027-öquv yili uçun magistraturaga qabul böyiça turdoş oliy taʼlim yönalişlarining röyxati tasdiqlandi
#abituriyent
🔀 respublikada belgilangan tartibda taşkil etilgan xorijiy davlatlar oliygohlari yoki filiallari hamda nodavlat oliygoh bitiruvçilari mos (muvofiq) va unga turdoş taʼlim yönalişlari böyiça tanlovda qatnaşadi;
⏺️ magistratura mutaxassisliklari böyiça tanlovda iştirok etişga talabgor bitiruvçilar tamomlagan bakalavriat taʼlim yönalişlarining şifri va nomi amaldagi “Oliy taʼlim yönalişi va mutaxassisligi klassifikatori”ga muvofiqlaştirilib, inobatga olinadi;
📶 diplomli mutaxassis malakasiga ega bölgan şaxslar mos (muvofiq) va unga turdoş bakalavriat taʼlim yönalişlari röyxatidagi mutaxassisliklarning birida tanlovda qatnaşadi;
ℹ️ turdoş taʼlim yönalişlari röyxatiga kirmagan yönalişlar bitiruvçilari faqat şu taʼlim yönalişi mutaxassisliklari böyiça tanlovda qatnaşadi;
✅ Quyidagi holatlarda Oliy taʼlim vazirligi tomonidan istisno kiritilişi mumkin:
➖xorijiy hamda nodavlat oliy taʼlim taşkilotlarining diplomidagi yönaliş (mutaxassislik)lar mosligi;
➖ oliygohni amaldagi bakalavriat taʼlim yönalişlari böyiça bitirib, uşbu yönalişlar negizida respublika oliygohlarida magistratura mutaxassisliklari mavjud bölmasa yoki magistratura mutaxassisliklari kvotasi bölib, ularga muvofiq respublika OTM lari bakalavriati bitiruvçilari bölmasa;
➖ tegişli oliy taʼlim taşkilotining murojaatiga köra, harbiy yoki diniy oliy taʼlim taşkiloti bitiruvçilarining yönalişlari mos (muvofiq) bölgan holatda.
👉 @xushnudbek 👈

