Lotin yozuviga asoslangan özbek alifbosini töliq joriy etiş borasidagi işlar jadallaştiriladi
Lotin yozuviga asoslangan özbek alifbosini töliq joriy etiş borasidagi işlar jadallaştiriladi
«Özbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini tubdan oşiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi Prezident farmoni imzolandi.
Unga köra:
👉 Vazirlar Mahkamasi tuzilmasida Davlat tilini rivojlantiriş departamenti taşkil etiladi;
Departamentning asosiy vazifalari:
• davlat tilini rivojlantiriş, davlat tili töğrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilişi ustidan monitoringni amalga oşiriş, uşbu sohada jamoatçilik nazoratining samarali şakllarini joriy etiş;
• davlat organlari va taşkilotlari, jumladan, mahalliy ijro etuvçi hokimiyat organlarining davlat tili töğrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilişi ustidan davlat nazoratini taşkil qiliş;
• davlat tilining amal qilişi bilan boğliq muammolarni aniqlaş va bartaraf etiş yuzasidan takliflar tayyorlaş;
• özbek tilining yozma nutqi meʼyor va qoidalarini işlab çiqiş böyiça hamda lotin yozuviga asoslangan özbek alifbosini töliq joriy etiş borasidagi işlarni jadallaştiriş;
• ilmiy asoslangan yangi söz va atamalarni isteʼmolga kiritiş, zamonaviy atamalarning özbekona muqobillarini yaratiş va bir xilda qöllanişini taʼminlaş;
• geografik va boşqa toponimik obyektlarga nom berilişi borasidagi faoliyatni monitoring qiliş va muvofiqlaştiriş;
• davlat tilini rivojlantirişga oid ilmiy-tadqiqot işlarini qöllab-quvvatlaş, bu sohada xalqaro hamkorlikni amalga oşiriş.
👉 «Özbek tili bayrami kuni»ni belgilaş böyiça qonun loyihasi va «Davlat tili haqida»gi Qonunning yangi tahrirdagi loyihasi işlab çiqiladi;
👉 xorijiy davlatlar tajribasini çuqur örgangan holda ilmiy asoslangan yangi söz va atamalarni rasmiy isteʼmolga kiritiş böyiça Atamalar komissiyasi taşkil etiladi;
👉 2020-2030-yillarda özbek tilini rivojlantiriş hamda til siyosatini takomillaştiriş konsepsiyasi va davlat dasturi işlab çiqiladi.
👉 @xushnudbek 👈


