Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

Köplab abituriyentlar öqişga kira olmasa, tuşkunlikka tuşib qoladi va taʼlimdan köngli soviydi

Video15-sentabr, 2023, 11:142 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Köplab abituriyentlar öqişga kira olmasa, tuşkunlikka tuşib qoladi va taʼlimdan köngli soviydi. Şu kabi yoşlarga motivatsiya böladigan Özbekistonlik.Students hujjatli filmi suratga olinibdi.

Özbekistonlik turkum filmlari orqali köpçilikka taniş bölgan Uzbekistan’s Club jamoasining yangi loyihasi dunyoning eng nufuzli universitetlarida taʼlim olayotgan özbekistonlik talabalar haqida hikoya qiladi.

Seriyali hujjatli filmning ilk qahramonlari - Oksford Universiteti talabasi Muştariy Madrahimova va East London Universiteti talabasi Azizbek Ahmadjonov bu muvaffaqiyatga qanday erişgani haqida öz tengdoşlariga sözlab beradi.

Film premyerasi ertaga, 16-sentyabr kuni, soat 18:00da MY5 telekanali hamda Uzbekistan’s Club Youtube-kanalida bölib ötadi.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek