Qoraqalpoğistonlik yoşlar uçun 3 mingta grant va 6,5 mingta kontrakt kvotalari taqsimlandi
❗️Qoraqalpoğistonlik yoşlar uçun 3 mingta grant va 6,5 mingta kontrakt kvotalari taqsimlandi
2022-yil 31-avgustdagi 213-sonli Prezident farmoni bilan Qoraqalpoğiston Respublikasida doimiy yaşaydigan hamda umumiy örta, örta maxsus va professional taʼlim taşkilotlarini tamomlagan yoşlar uçun davlat granti asosida qöşimça 3 mingta kvota, şuningdek tölov-kontrakt asosida qöşimça 6 ming 500 ta kvota ajratilişi belgilangan edi.
Joriy yilgi öquv yili uçun uşbu kvotalar taqsimoti oxiriga yetkazildi.
Bunda eng avvalo Qoraqalpoğiston hududlari hamda yönalişlar kesimidagi mavjud ehtiyojga asosan töplagan balining yuqoriligi böyiça ketma-ketlikda 3 mingta grant örinlari ajratib olindi. Yaʼni yuqori ball bilan kontraktga kirgan yoki yuqori ball bilan öqişdan yiqilgan abituriyentlar grantga ötkazildi.
Şundan söng, öqişdan yiqilgan 6 ming 500 nafar abituriyent töplagan balining ketma-ketligi böyiça tölov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya qilindi.
Davlat grantiga ötkazilgan hamda tölov-kontraktga kirgan abituriyentlar röyxati tegişli OTMlarga yuborildi.
👉 @xushnudbek 👈


