Keçadan Isroil va HAMAS örtasidagi tinçlik sulhi kuçga kirdi
❗️Keçadan Isroil va HAMAS örtasidagi tinçlik sulhi kuçga kirdi
Sulhning dastlabki şartlari kelişilgan muddatdan bir neça soat ötib bajarildi.
Unga köra, HAMAS garovga olingan 3 nafar isroillik ayolni qöyib yubordi. Isroil esa qamoqxonalarda saqlanayotgan 90 nafar falastinlik mahbus ozod qilinganini eʼlon qildi.
Kelişuvga binoan, tinçlik sulhi quyidagi 3 bosqiçda amalga oşiriladi:
1⃣ – bosqiç 6 hafta davom etadi va unda HAMAS 33 nafar garovga olingan isroillikni (ayollar, bolalar va 50 yoşdan oşgan erkaklarni) qöyib yuboradi. 🇮🇱Isroil esa qamoqlarda saqlanayotgan yuzlab falastinliklarni ozod qiladi.
2⃣ – bosqiçda barça garovga olinganlar, xususan harbiy asirlar ham qöyib yuboriladi va öt oçiş töxtatiladi. Isroil Ğazodan barça qöşinlarini olib çiqib ketadi.
HAMAS jami 98 nafar garovdagi isroillikni, Isroil esa 2 mingga yaqin falastinlik mahbuslarni qöyib yuborişi kutilmoqda.
3⃣ – bosqiçda esa halok bölganlarning jasadlarini qaytariş hamda 🇪🇬Misr, 🇶🇦Qatar va 🇺🇳BMT nazoratida Ğazoni qayta tiklaş nazarda tutilgan.
- 30 Telegram Stars



