Muhim

Isroil va HAMAS tinçlik kelişuvining birinçi bosqiçini imzoladi

Foto9-oktabr, 2025, 10:531 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

❗️Isroil va HAMAS tinçlik kelişuvining birinçi bosqiçini imzoladi

AQŞ prezidenti Donald Tramp Isroil va HAMAS uning 20 bandli tinçlik rejasi böyiça kelişuvlarning dastlabki bosqiçiga erişganini maʼlum qildi.

"Isroil va Hamas tinçlik rejamizning birinçi bosqiçini imzolaganini eʼlon qilişdan ğoyat faxrlanaman. Bu şuni anglatadiki, barça garovga olinganlar yaqin kelajakda ozod etiladi va Isroil öz qöşinlarini kelişilgan çegaraga qadar olib çiqadi", – deb yozadi u.

Kelişuvga binoan, HAMAS 13-oktyabr kuni barça garovdagilarni (48 kişi, jumladan, ulardan 20 nafari tirik) ozod qiladi. Şundan söng, Isroil 72 soat içida bosqiçma-bosqiç öz qöşinlarini olib çiqadi, Ğazoga gumanitar yordam kiritiladi.

Şuningdek, Isroil umrbod qamoq jazosiga hukm qilingan 250 kişini va 1 ming 700 nafar falastinlik mahbusni ozod qiladi.

Donald Tramp uşbu kelişuv böyiça şu hafta oxirida Yaqin Şarqqa taşrif buyurişi mumkin.

👉@xushnudbek👈

  • 10 Telegram Stars
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek