Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal
Fikr

Jismoniy va mulkiy zarar yetkazgan holda qilingan har qanday samosudning oqibati juda yomon

Matn14-aprel, 2025, 11:542 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan
Javob berilgan xabar: Xushnudbek.uz49 yoşli erkak 29 ta çorrahadagi qurilmalarga 1 mlrd 147 mln söm zarar yetkazgan. Unga nisbatan Jinoyat kodeksining 173-moddasi bilan iş qözğatildi.

Jismoniy va mulkiy zarar yetkazgan holda qilingan har qanday samosudning oqibati juda yomon

Radarlarga qarşi özboşimçalik bilan uruş oçgan şaxs heç qanaqa zamonamiz qahramoni emas. U eng avvalo qoidabuzar, yöl harakati xavfsizligi qoidalariga rioya qilmagan. Özi tartibli yurişni örganiş örniga, alamini radarlardan olmoqçi bölgan va samosudga yöl qöygan. Buni heç qanaqa sabab yoki bahona bilan oqlab bölmaydi.

Masalan, bir kişi har safar taqiqlangan joyga, şundoq yöl yoqasiga, çiqindi taşlab ketar edi. Oxiri öşa yerga kamera örnatişdi va çiqindi taşlaganlarni jarimaga tortiş boşlandi. Haligi qoidabuzar yana köçaga çiqindi taşlaşda davom etdi hamda jarima tölagani uçun kameralarni urib sindirdi. Nima qiliş kerak, uni ham oqlaş kerakmi? U qahramonmi? Qaysi işi uçun? Qoidalarga böysunmagani uçunmi yoki özboşimçalik bilan mulkka zarar yetkazgani uçunmi? Vaholanki, köçaga çiqindi taşlaş bevosita odam öldirmaydi, lekin yöl qoidalari buzilişi sababli har yili 2 mingdan oşiq yurtdoşimiz halok bölmoqda.

Unaqada keyingi bosqiçda hadeb qölga tuşavergani uçun kameralarni sindirgan öğrilarni ham oqlaşni boşlaymizmi?

Har qanday norozilikni qonun doirasida bildiriş kerak. Agar radarlarni notöğri deb öylasangiz, unda bunga qarşi qonuniy yöl bilan kuraşing. Lekin zinhor özboşimçalik bilan emas. Davlat bunga yöl qöyib bersa, ertaga xaos boşlanadi, istalgan inson bironta yoqmagan odamining öziga yoki mulkiga zarar yetkazişni boşlaydi. Bu har birimiz uçun xavf.

Agar öşa inson radarlar yomonligi haqida ijtimoiy tarmoqlar orqali tanqidiy fikr bildirganda edi, garçi uning gaplariga qöşilmasam ham, lekin unga fikri uçun bosimlar bölsa, himoya qilgan bölardim. Xuddi “metan zapravka”dagi haydovçi holatidagi kabi. Çunki tanqidiy fikr aytiş jinoyat emas, söz erkinligi Konstitutsiya bilan kafolatlangan.

Ammo birovning mulkiga zarar yetkaziş — qonunlarga zid.

Bölgan işdan esa na haydovçilarga, na boşqa yurtdoşlarimizga manfaat tegadi. Bir tiyinlik foydasi yöq. Asosiy jabrni öşa insonning özi köradi endi, qonun oldida javob berişga majbur böladi.

👉 @xushnudbek 👈

  • 12 Telegram Stars
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek