Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal
Fikr

Ha, azizlar, afsuski, noxuş xabar bu

Matn15-mart, 2025, 19:051 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Ha, azizlar, afsuski, noxuş xabar bu.

Buning taşabbuskorlari nimani öylaganini tuşuniş qiyin emas. Köpçilikning olqişini oliş uçun ozçilikni qurbon qiladigan populistik qaror bölibdi.

Köpçilik kim? Köpçilik — tezlikni xuş köradigan, qonunlarga tupurib qöygan, faqat radar bor joydagina noilojlikdan sal sekinlaşib, qolgan payti Şumaxerga aylanadigan avtoterroristlar. Ularning aksariyati hatto radar bor joyda ham sekin yurmaydi. Ularning köpçiligi özini tez yurişini, juda köp radar tuşganini internetda maqtanib ham yuradi, qonunsizlikni obro’ deb bilişadi. Ular rostdan köpçilikmi? Ha, kamida milliondan oşiq.

Ozçilik kim? Ozçilik — har yili yöllarda tezlik tufayli, qonunlarni mensimaydiganlar sababli ölib ketadigan minglab insonlar.

Uşbu loyiha taşabbuskorlari millionlab avtoterroristlarni minglab ölganlardan ustun qöyişibdi. Çunki ölgan ölib ketdi, endi ular çapak çalolmaydi. Ammo tiriklarga yoqimli qaror qabul qilib, olqiş oliş mumkin.

Barakalla! Kallangizga qoyilmiz! Faqat mohiyatan tezlikni oşiruvçi uşbu qaror tufayli vafot etgan har bir insonning uvoli sizlarning zimmangizda böladi, şuni unutmang.

Uşbu loyihani qaytarişni parlamentdan umid qilsa böladimi? Bilmadim, menimça, ehtimoli juda kam. Şaxsan men deputatlardan mutlaqo umid qilmayman, ammo senatorlardan oz-moz umid qiliş mumkindir, kim bilsin.

Ming afsus…

👉 @xushnudbek 👈

  • 3 Telegram Stars
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek