Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

Jarimalar miqdorini qayta körib çiqiş taklif etilmoqda

Matn9-iyul, 2024, 15:592 daqiqa0 koʻrish

Jarimalar miqdorini qayta körib çiqiş taklif etilmoqda

Strategik islohotlar agentligi tomonidan maʼmuriy çoralar va ularning sodir etilgan huquqbuzarlikka mutanosibligi örganildi.

Bugungi kunda maʼmuriy jarimalar miqdorini belgilaş mexanizmlarining yöqligi sodir etilgan huquqbuzarlikka nomutanosib bölgan jarima solinişiga sabab bölmoqda. Uşbu yönaliş tartibga solinmaganligi bois manfaatdor davlat organlari tomonidan jarimalar miqdorini qayta körib çiqişga doir qonun loyihalarini taşabbuskorlik bilan işlab çiqiş holatlari köpayib ketdi.

Masalan, avtomobil oynalarini ruxsatnomasiz qoraytirganlik uçun nazarda tutilgan 8,5 mln sömlik jarima belgilanganda, ruxsatnomaning narxi 11-13 mln söm bölgan. Bugungi kunda ruxsatnoma 2,7 mln söm etib belgilangan, ammo jarima miqdori esa özgarişsiz qolmoqda.

Maʼlumot uçun: Qozoğistonda avtomobil oynasini qoraytirganlik uçun örnatilgan jarima 468 ming sömni, Rossiyada – 60 ming sömni, Belarusda – 138 ming sömni taşkil qiladi.

Taʼkidlaş joizki, fuqarolarning soğliği va hayoti xavfsizligi bilan boğliq qoidabuzarliklar avtomobil oynalarini ruxsatnomasiz qoraytiriş uçun belgilangan jarimalardan ustuvorlik jihatidan muhimroq hisoblanadi.

Şuningdek, fuqarolarning soğliği va hayoti xavfsizligini taʼminlaş maqsadida inson hayoti va soğliğiga bevosita daxldor bölgan YTHlar uçun belgilangan jarimalarni qayta körib çiqiş va oğirlaştiriş zarur (piyodalar yölaklarida transport vositalarida harakatlaniş (170 ming söm), piyodalar yölni belgilanmagan joydan kesib ötişi (113 ming söm).

Maʼlumot uçun: Germaniyada piyodani ötkazib yubormaganlik uçun belgilangan jarima miqdori 1,1 mln söm, Buyuk Britaniyada – 1,6 mln söm, Fransiyada – 1,85 mln söm, BAAda – 1,7 mln sömni taşkil etadi.

Huquqbuzarliklarning oldini oliş maqsadida bir qator mamlakatlarda (Belarus, Latviya, Qozoğiston, Rossiya, Germaniya, Italiya) maʼmuriy jazoning alohida turi sifatida “ogohlantiriş” instituti joriy qilingan. “Ogohlantiriş” jismoniy va yuridik şaxslarning soğliği, hayoti va mulkiga, atrof-muhitga zarar yetkazmaydigan huquqbuzarliklar uçun qöllaniladi.

Şu munosabat bilan Strategik islohotlar agentligi tomonidan quyidagi takliflar işlab çiqildi:

1) joriy maʼmuriy jarimalar miqdorini ularning sodir etilgan huquqbuzarlikka mutanosibligini tekşiriş;
2) fuqarolarning hayoti va soğliği bilan bevosita boğliq bölgan huquqbuzarliklar uçun jarima miqdorini oşiriş masalasini körib çiqiş;
3) Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi kodeks normalarining korrupsiyaga qarşi kompleks ekspertizasini ötkaziş;
4) Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksga maʼmuriy jazoning alohida turi sifatida “ogohlantiriş” institutini kiritiş.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek