Magistratura uçun kvotalar qaçon eʼlon qilinadi?
Magistratura uçun kvotalar qaçon eʼlon qilinadi?
#abituriyent
Magistratura uçun qabul boşlanganiga 9 kun böldi. Bugungaça 7 ming 300 dan ortiq abituriyent hujjat topşirdi. Lekin haligaça kvotalar maʼlum emas. Şuning uçun ham haligaça tizimda birorta ariza qabul qilinmay turibdi.
Bakalavriatda tarixda ilk marta kvotalarni eʼlon qilmasdan, qabulni yakunladik. Hademay kvotasiz testlarni ham boşlasak kerak. Bu holatga "Joriy yilda faqat fan tanlandi" deb bahona ham qildik, mayli.
Ammo magistratura-çi? U yerda qabul tizimi özgargani yöq-ku. Qanaqa qilib kvotani bilmasdan hujjat topşiriş mumkin? Nahotki bu haqda öylamaysizlar?
Bunaqasi avval bölmagandi. Keçikiş böyiça yangi darajaga çiqildi. Yildan yilga ahvol yaxşilaniş örniga, faqat orqaga ketyapti. Keyingi yillar qanaqa bölarkin, odam öylasa qörqib ketadi.
👉 @xushnudbek 👈


