Energetika vazirligi: oylik 200 kW·soatgaça bölgan bazaviy meʼyor miqdori oşirilişiga asos mavjud emas
❗️Energetika vazirligi: yaqin istiqbolda isteʼmolçilarga qöllanilayotgan oylik 200 kW·soatgaça bölgan bazaviy meʼyor miqdori oşirilişiga asos mavjud emas
Vazirlikning bayonotida aytilişiça, joriy yilning iyun oyida, yaʼni ötgan oyda 71 foiz aholi 200 kWgacha elektr energiyasi isteʼmol qilgan. Bundan körinadiki, isteʼmolçilarning 71 foizi belgilangan limit doirasidan çiqmagan.
"Şu bois, yaqin istiqbolda isteʼmolçilarga qöllanilayotgan oylik 200 kW·soatgaça bölgan bazaviy meʼyor miqdori oşirilişiga asos mavjud emas", — deyiladi vazirlik xabarida.
22 foiz isteʼmolçi 201 kW·soatdan 1000 kWgacha isteʼmol qilgan va 900 sömdan haq tölagan. Bunda elektr energiyasi isteʼmoli 201 kW·soatdan 300 kWgacha bölgan isteʼmolçilar salmoği 11 foizni taşkil etgan.
Qolgan 7 foiz aholi 1001 – 10 000 kW·soat elektr energiyasi isteʼmol qilib, 1 ming 350 sömdan tölovlarni amalga oşirgan.
👉 @xushnudbek 👈


