Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal
Muhim

Inbazar asosçisi Omadbek Xolmatovga nisbatan tergovga qadar tekşiruv ötkazilmoqda — Toşkent şahar IIBB

Video16-sentabr, 2024, 10:468 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Inbazar asosçisi Omadbek Xolmatovga nisbatan tergovga qadar tekşiruv ötkazilmoqda — Toşkent şahar IIBB

“Bu şaxsga nisbatan internetda tarqalgan videolar yuzasidan tergovga qadar tekşiruv ötkazilmoqda. U [videodagi] holatlar eski bölib, muqaddam heç kim ariza bilan murojaat qilmagan. Hozir videoda aks etganlarning şaxsi aniqlanib, tekşiruv ötkazilmoqda”, — deyiladi Toşkent şahar IIBB axborot xizmati Kun.uzʼga taqdim qilgan maʼlumotda.

Maʼlumot uçun: Ijtimoiy tarmoqlarda "Inbazar" dökoni xodimi qöl ostidagi yoş xodimni kuç işlatib, jazolayotgani aks etgan video tarqaldi. Bu keng muhokamalarga sabab böldi.

Bunga javoban Inbazar asosçisi Omadbek Xolmatov munosabat bildirib, zöravonlik işlatgan xodim işini qoraladi. Lekin keyinçalik maʼlum böldiki, Omadbekning özi xodimlariga nisbatan zöravonlik qilib, xatoga yöl qöyganlarni kaltaklab jazolagan. Xato qilgan xodimlarining yoşiga teng bölgan boşqa insonlarni çaqirib, özaro muştlaştiriş bilan ham şuğullangan.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek