Ilmiy daraja berişda çet tilidan imtihon va dissertatsiya eʼloni kabi talablar bekor qilinmoqda
❗️Ilmiy darajalar berişda çet tilidan malakaviy imtihon topşiriş va dissertatsiya himoyasi haqida eʼlon beriş kabi talablar bekor qilinmoqda
Prezident farmoni bilan, 2027-yil 1-yanvardan boşlab ilmiy darajalar berişda quyidagi tartiblar bekor qilinadi:
🔹 çet tili fanidan malakaviy imtihon topşiriş (mustaqil izlanuvçilar bundan mustasno);
🔹 Oliy attestatsiya komissiyasi (OAK) tomonidan dissertatsiya mavzularini röyxatdan ötkaziş va dissertatsiya himoyasi töğrisida eʼlon beriş;
🔹 dissertatsiyani yetakçi taşkilotda muhokamadan ötkaziş;
🔹 ijtimoiy-gumanitar fanlar sohalari böyiça fan doktori (DSc) ilmiy darajasi uçun tayyorlangan dissertatsiya natijalari yuzasidan monografiya eʼlon qiliş;
🔹 dissertatsiya avtoreferatini çop etiş;
🔹 dissertatsiya ilmiy natijasi amaliyotga joriy etilganligi töğrisida xulosa oliş;
🔹 OAKning fan tarmoqlari böyiça ekspert kengaşi tomonidan dissertatsiyani ilmiy ekspertizadan ötkaziş;
🔹 himoya qilingan dissertatsiya böyiça ilmiy kengaş qarorini
OAK tomonidan tasdiqlaş;
🔹 taʼlim va ilmiy-tadqiqot faoliyati uçun jalb qilingan çet ellik fuqaroning xorijda olgan ilmiy darajasi töğrisidagi hujjatlarini nostrifikatsiya qiliş. Bunda ilmiy daraja töğrisidagi hujjat uning Özbekistondagi faoliyati davomida töğridan-töğri tan olinadi.
🗓️ 2027-yil 1-yanvarga qadar OAK tomonidan dissertatsiya himoyasi töğrisida eʼlon berilgan va dissertatsiya himoyasini ötkazgan izlanuvçilarga ilmiy darajalar mazkur farmon kuçga kirgunga qadar amalda bölgan tartibga muvofiq beriladi.
👉 @xushnudbek 👈


