Taʼlimdagi keçikişlar kamayadi: Davlat qabul komissiyasining bir qator vakolatlari vazirlikka berilmoqda
❗️Taʼlimdagi keçikişlar kamayadi: Davlat qabul komissiyasining bir qator vakolatlari vazirlikka berilmoqda
Esimni taniganimdan beri aytib kelaman, Davlat qabul komissiyasi taʼlimdagi juda köp masalada aravani orqaga tortadigan tuzilma va uni butunlay tugatiş kerak, vakolatlarini esa vazirlikka hamda oliygohlarning öziga beriş kerak.
Sönggi yillarda haqiqatdan Davlat qabul komissiyasining bir qator vakolatlari vazirlikka berilmoqda. Masalan, qaysi yönalişda qaysi fandan test topşirilişini tasdiqlaş vakolati vazirlikka berilgandan buyon, uşbu maʼlumot ança barvaqt eʼlon qilinişni boşladi. Ilgari Davlat qabul komissiyasi testga 1-2 hafta qolganda uşbu maʼlumotni tasdiqlardi.
2026-yil 10-apreldagi Prezident farmoni bilan Davlat qabul komissiyasining yana bir neçta muhim vakolatlari vazirlikka olib berilmoqda. Jumladan:
✅ bakalavriat va magistraturaga qabul natijalarini tasdiqlaş (oxirgi yillarda ahvol yaxşilandi-yu, lekin uzoq yillar imtihon natijalari aynan Davlat qabul komissiyasi tasdiqlamagani uçun juda keçikib eʼlon qilinar edi);
✅ öqişga tavsiya etilgan abituriyentlar uçun kontrakt tölovlarini amalga oşiriş va ularni talabalikka qabul qiliş böyiça hujjatlarni rasmiylaştirişning sönggi muddatini belgilaş (bungaça 1-kurslar uçun muddatni Davlat qabul komissiyasi, yuqori kurslar uçun muddatni oliygoh rektorlari tasdiqlar edi);
✅ bir davlat oliygohidan boşqasiga talabalarning öqişini köçiriş töğrisidagi arizalarni körib çiqiş va öqişini köçiriş maqsadga muvofiqligi töğrisida tavsiya beriş (bunda ham “perevod” natijalari juda keç tasdiqlanar, ungaça öqişlar boşlanib ketib, ariza bergan talabalar na uyoqli, na buyoqli bölib, arosatda qolayotgan edi);
✅ imtiyozga ega abituriyentlarni talabalikka tavsiya qiliş (bu ham oğriqli masala edi. Har yili imtiyozli abituriyentlar uçun Davlat qabul komissiyasining alohida “protokol” çiqişi kutilar, allaqaçon mandat çiqib, hatto baʼzan öqişlar boşlanib ketsa ham, imtiyozga ega abituriyentlar öqişga kirgan yoki kirmaganini bila olmas va xavotirga ham tuşib qolişardi);
✅ xorijiy davlatlar fuqarolari, jumladan, xorijdagi vatandoşlar uçun ajratilgan grant örinlariga talabalikka tavsiya etiş.
Eslatma: bundan faqat Prezident hujjatlari bilan oliy taʼlim taşkilotlariga mustaqil qaror qabul qiliş vakolati berilgan hollar mustasno. Masalan, moliyaviy mustaqillik berilgan oliygohlarda yuqoridagi ayrim vakolatlar oliygohning öziga berilgan va ular vazirlik qarorini kutişi şart emas.
👉 @xushnudbek 👈


