Ilk bor lotin yozuviga asoslangan özbek alifbosida «Özbek tilining izohli luğati» çop etildi

Foto7-iyun, 2023, 10:351 daqiqa0 koʻrish

Ilk bor lotin yozuviga asoslangan özbek alifbosida “Özbek tilining izohli luğati” çop etildi

6 jilddan iborat izohli luğat Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Özbek tilini rivojlantiriş jamğarmasi, Fanlar akademiyasi hamda Ğafur Ğulom nomidagi naşriyot-matbaa ijodiy uyi hamkorligida tayyorlangan.

Izohli luğatdan hozirgi özbek adabiy tilida keng isteʼmolda bölgan 80 mingdan ortiq söz va söz birikmalari, turli sohalarga oid terminlar, bir neça şevada qöllanadigan sözlar, baʼzi tarixiy va eskirgan atamalar örin olgan va avvalgi naşrga qaraganda 5 mingga yaqin yangi söz kiritilgan.

Şuningdek, Özbek tilini rivojlantiriş jamğarmasi mablağlari hisobidan “Özbek xalq sözlari”, “Özbek tilining katta imlo luğati”, “Özbek tili frazeologik luğati”, “Özbek tili sinonimlarining katta izohli luğati”, “Özbek tilining öquv imlo luğati”, “Axborot texnologiyalari atamalarining izohli luğati”, “Özbek xalq paremalarining sinonimik izohli luğati”, “Nonvoyçilik terminlarining izohli luğati” kitoblari ham tayyorlanib, çop etilgan.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek