Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal
Muhim

Ijtimoiy toifadagi abituriyentlarga qöşimça grant ajratiladi

Matn14-mart, 2025, 17:581 daqiqa0 koʻrish

❗️Ijtimoiy toifadagi abituriyentlarga qöşimça grant ajratiladi

Hukumat qaroriga köra, bakalavriat taʼlim yönalişlariga ajratilgan davlat granti asosidagi qabul parametrlariga nisbatan 10 foizgaça bölgan miqdorda Ijtimoiy himoya milliy agentligi hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan belgilanadigan toifadagi abituriyentlar uçun davlat granti asosidagi qöşimça qabul parametrlari ajratiladi. Bu haqda ÖzA xabar bermoqda.

Bunda muayyan bakalavriat taʼlim yönalişi böyiça davlat grantiga ötiş balining 80 foizi va undan yuqori ball töplagan belgilangan toifadagi abituriyentlar ajratilgan davlat granti asosidagi qabul parametrlari doirasida, ballar ketma-ketligiga qatʼiy rioya qilingan holda talabalikka tavsiya etiladi.

Mazkur imtiyoz abituriyent röyxatdan ötişda tanlagan birinçi bakalavriat taʼlim yönalişiga hamda uşbu taʼlim yönalişiga kirişda Davlat komissiyasi tomonidan davlat grantiga belgilangan minimal ötiş bali va undan yuqori ball töplagan abituriyentlarga nisbatan qöllaniladi.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek