Hukumat prognozlariga köra, kelgusi yilda mamlakat iqtisodiyoti 5,3% ösadi, inflyatsiya 9,5%ni taşkil qiladi
Hukumat prognozlariga köra, kelgusi yilda mamlakat iqtisodiyoti 5,3% ösadi, inflyatsiya 9,5%ni taşkil qiladi, konsolidatsiyalangan budjet daromadlari 311 trln söm atrofida, xarajatlari esa 343 trln söm atrofida rejalaştirilmoqda, şunda defitsit 32,5 trln söm, aniqroği yalpi içki mahsulotga nisbatan 3% miqdorida bölişi kutilmoqda.
Asosiy soliq stavkalari özgarişsiz saqlanib qolmoqda, QQS amaldagi 15%dan 12%ga kamaytiriladi, tovar aylanmasi 500 mln sömgaça bölgan tadbirkorlar uçun yiliga 20 mln söm, 500 mln sömdan yuqori bölganlarga esa yiliga 30 mln sömlik qatʼiy belgilangan soliqni har oyda teng uluşlarda tölaş huquqi berilmoqda. Bunda ular buxgalteriya hisobini yuritişdan hamda dividend soliğini tölaşdan ozod etiladi.
Tovar aylanmasi 1 mlrd sömdan oşgan kiçik tadbirkorlar uçun bir yil davomida foyda soliği stavkasini 2% kamaytiriş közda tutilmoqda. Mahalliy byudjetlarga tuşadigan qatʼiy belgilangan soliq stavkasi inflyatsiya darajasida indeksatsiya qilinadi. Bunda aksiz soliği stavkalarining indeksatsiyasi 1-fevraldan amalga oşiriladi.
👉 @xushnudbek 👈


