Ayni daqiqalarda Şavkat Mirziyoyev raisligida videoselektor yiğilişi bölib ötmoqda
Ayni daqiqalarda Şavkat Mirziyoyev raisligida videoselektor yiğilişi bölib ötmoqda. Unda makroiqtisodiy barqarorlik va iqtisodiy rivojlaniş masalalari körib çiqilyapti.
Asosiy gaplar:
➖iqtisodiy kompleksdagi örinbosarlar soni 15 foizga qisqartiriladi. Hozir iqtisodiy kompleksda jami 40 nafar rahbar örinbosarlari bor, ularning faoliyati tanqid qilindi;
➖moliyaviy intizomni kuçaytirib, 2024-yilda byudjet defitsitini 4 foizdan oşirmaslik zarurligi taʼkidlandi;
➖soliq tizimi va soliqçilar faoliyatini tubdan qayta körib çiqiladi;
➖bojxonadan olib kirişda import uçun imtiyozlar maqsadli va samarali qöllanmayotgani tanqid qilindi va Bojxona qömitasiga imtiyoz bilan kirgan tovarlarni korxonabay örganib çiqiş topşirildi;
➖Xususiylaştiriş böyiça işlar holati tahlil qilindi. Jumladan, "Donmahsulot" tarkibidagi korxonalar xususiy sektorga bermaslik uçun narxi sunʼiy oşirilgan holda auksionga çiqarilgan;
➖Boş vazirga yil davomida auksionga umuman yer çiqarmagan Baliqçi, Jalalquduq, Bektemir, Mirobod, Olmazor, Çilonzor, Yunusobod, Yakkasaroy tumanlari hokimlarining lavozimiga loyiqligini hal qiliş topşirildi.
👉 @xushnudbek 👈



