Hokim örinbosari majburiy obuna bajarilmagani uçun kollej direktoriga qöl kötargani aytilmoqda
Hokim örinbosari majburiy obuna bajarilmagani uçun kollej direktoriga qöl kötargani aytilmoqda
Boğdod tumanidagi pedagogika kollejiga gazeta va jurnallar uçun qariyb 24 mln söm obuna rejasi qöyilgan, biroq bu reja bajarilmagan. Hokim örinbosari barça öqituvçilarni rejani bajarişga majburlaşni talab qilganda kollej direktori Şuhrat Qosimov bunday qilişga haqqi yöqligini aytgan.
Bunga javoban uning jağiga muşt kelib tuşgan, deb yozgan Kun.uz. Nizo 14-noyabr kuni Boğdod tumani hokimiyati binosida röy bergani aytilmoqda.
Öşa kuni salomatligi yomonlaşgan direktor şifoxonaga tuşib qolgani aytilmoqda. Şifokorlarga köra, direktorning miyasi çayqalgan va öng jaği şikastlangan. Boğdod tumani prokurori örinbosari Murod Yusupov vaziyat böyiça tergovga qadar tekşiruv olib borilayotganini aytgan.
Tuman hokimligi ham bayonot berib, holat tuman hokimi va huquq-tartibot idoralari tomonidan örganilayotgani, uning natijalari haqida qöşimça maʼlumot berilişini maʼlum qilgan.
👉 @xushnudbek 👈

