Ertaga, 15-oktabr – jismoniy şaxslar uçun mol-mulk va yer soliğini tölaşning oxirgi kuni
❗️Ertaga, 15-oktabr – jismoniy şaxslar uçun mol-mulk va yer soliğini tölaşning oxirgi kuni
Soliq kodeksining 423- va 440- moddalariga muvofiq, jismoniy şaxslar mol-mulk va yer soliğini 15-aprel va 15-oktabrga qadar teng uluşlarda tölaşi lozim.
❓ Soliqdan qança qarzingiz borligini qanday bilsa böladi? Qarzni qanday tölaş mumkin?
Bu juda oson. Hozir zamon rivojlanib ketgan, buning uçun qayergadir boriş şartmas, bemalol onlayn amalga oşiriş mumkin.
Buning uçun telefoningizga 📱Soliq mobil ilovasini yuklab oling yoki my.soliq.uz saytiga kiring.
Soliq ilovasida "Soliqlarni tölaş" bölimi tanlanadi va qarz miqdori aniqlanib, tölov amalga oşiriladi.
📱 Ilovani yuklab oliş:
👉 iOS uçun
👉 Android uçun
✅ Soliq tölaşning boşqa oson yöllari
Şuningdek, siz elektron tölov tizimlari orqali ham tölasangiz böladi (tekin reklama).
Şaxsan özim barça tölov tizimlarini sinab çiqdim. UPay va Click tizimlari orqali eng osoni va qulayi ekan. Çunki şu tizimlarda soliqdan qança qarzingiz borligini ham körsatadi, tölaş ham qulay. Paynet ilovasi ham qarzni körsatarkanu, lekin biroz tuşuniş qiyinroq.
Apelsin va Joyda ilovalari orqali faqat tölaş mumkin, lekin qarzni körsatmaydi. Bu noqulay. Payme orqali soliq tölaş eng qiyini ekan. Şunaqangi savollar söraydiki (tuman, soliq bölimi, uyning kadastr kodi), hayron qolasiz. Zoomrad tizimida esa soliq tölaş imkoni umuman yöq.
Xullas, onlayn soliq tölamoqçi bölganlar yoki Soliq qömitasining Soliq ilovasidan, yoki UPay / Click tizimlaridan tölaşni tavsiya qilaman.
Xulosa
Soliqlarni öz vaqtida tölaş barçamizning burçimiz va qarzimiz ekanligini unutmang. Soliqlarni vaqtida tölamaganlik uçun javobgarlik va jarima (penya) bor.
👉 @xushnudbek 👈


