Samarqanddagi YTHda 5 kişi vafot etdi
Samarqanddagi YTHda 5 kişi vafot etdi
13-oktabr kuni soat 19:00 M-37A aylanma avtomobil yölining 37-kilometrida fuqaro 30 yoşli J.Murotov boşqaruvida bölgan Lacetti rusumli avtomaşinasida Toşkent—Buxoro yönalişi böyiça harakatlanayotib, avtomaşina boşqaruvini yöqotgan va yölning qarama-qarşi yönalişlarini ajratib turgan metall tösiqqa töqnaşgan.
Oqibatda haydovçi J.Murotov, yölovçilar 25 yoşli Yo.Umarov, 41 yoşli R.Ergaşeva, 44 yoşli A.Usmonova va 34 yoşli M.Ğoyibova tan jarohatlari olib, voqea joyida vafot etgan.
Kun.uz’ning yozişiça, ijtimoiy tarmoqlarda hodisa joyidan olingan fotosuratlar eʼlon qilindi. Ularning birida Lacetti maşinasining tezlikni ölçovçi uskunasi soatiga 140 kilometr tezlikda qotib qolgani tasvirlangan.
👉 @xushnudbek 👈



