15-oktabr – jismoniy şaxslar uçun mol-mulk va yer soliğini tölaşning oxirgi kuni
❗️15-oktabr – jismoniy şaxslar uçun mol-mulk va yer soliğini tölaşning oxirgi kuni
Soliq kodeksining 423- va 440- moddalariga muvofiq, jismoniy şaxslar mol-mulk va yer soliğini 15-aprel va 15-oktabrga qadar teng uluşlarda tölaşi lozim.
Soliq qarzdorligi summasini aniqlaş va uni tölaşni osongina onlayn usulda amalga oşiriş mumkin. Qayergadir boriş şart emas.
📱Soliq mobil ilovasi orqali tölovni amalga oşirişda ilovadan:
➖ "Soliqlarni tölaş" bölimi tanlanadi;
➖ oçilgan oynaga soliq tölovçi jismoniy şaxsning şaxsiy identifikatsiya raqami (JShShIR) kiritiladi;
➖ jami qarzdorlik va joriy yil uçun tölanişi lozim bölgan soliqlar töğrisidagi maʼlumotlar şakllanadi;
➖ "Davom etiş" tugmasi bosilganda ilovaga biriktirilgan bank kartasidan belgilangan soliq summasi yeçiladi.
Jismoniy şaxslar my.soliq.uz'dagi şaxsiy kabinetga elektron raqamli imzo orqali kirib, "JŞlarning soliştirma dalolatnomalari" bölimidan hisoblangan, tölangan va mavjud soliq qarzdorligi töğrisidagi maʼlumotlarni olişi mumkin.
📱 Ilovani yuklab oliş:
👉 iOS uçun
👉 Android uçun
👉 @xushnudbek 👈


