Energetika inqirozi kiçik litrajli va tejamkor avtomobillar uçun import bojlarni bekor qilişni talab qiladi
Energetika inqirozi kiçik litrajli va tejamkor avtomobillar uçun import bojlarni bekor qilişni talab qiladi
Iqtisodçi Otabek Bakirov yozmoqda:
“Erkatoy monopolist Uzauto Motors kiçik litrajli va tejamkor avtomobillar işlab çiqarmaydi. Ayni vaqtda aynan eng tejamkor hisoblangan kiçik litrajli avtomobillar uçun bojlar eng baland tarzda örnatilgan.
Dvigatel tsilindrining işçi hajmi 1000 kub sm dan oşmagan avtomobillar importi uçun 15% va yana har kub sm uçun 0,8 dollar boj, 15%li QQS, 30 barobar BHM tölaş kerak böladi. Masalan, 6000 dollarlik malolitrajka sizga kami 9700 dollarga aylanadi. Bu transport va logistika xarajatlarisiz (xudoning özi bizning hamma bozorlardan uzoqda joylaştirib, Özbekistonga tabiiy boj solib qöygan).
Hammasi absurd darajaga kötarilgan: özi kiçik litraj avtolar işlab çiqarilmaydi, yana buning ustiga eng baland bojlar aynan şu toifa avtolari uçun belgilangan. Ratsional davlat heç qursa özi işlab çiqarmaydigan tovarga bunça baland boj solmasligi kerak.
Undanam kulgulisini aytaymi?
Bilasiz, Uzauto/Uzautomotors AJ tarafidan Chevrolet, Volkswagen/Skoda, ADM Jizzakh MÇJ/Roodell MÇJ tomonidan import avtomobillarini maxfiy qaror asosida bojlarsiz olib kirib sotiş mexanizmi faqat qimmat va yuqori litrajli avtomobillar uçun çiqarilgan.
Heç öylab körganmisiz, ADM Jizzakh MÇJ/Roodell MÇJ nega qimmat Kia K5 olib kelib sotadi, lekin maşhur tejamkor malolitrajka Kia Picanto olib kelib sotmaydi?
Yoki milliy çayqovçi Uzauto/Uzautomotors AJ qimmat ŠKODA KODIAQ olib kelib sotadi, lekin arzon, xalqona Skoda Rapid keltirib sotmaydi?
Çunki hukumatning boj tölamay import qiliş böyiça maxfiy qarori faqat yuqori litrajli va maqtançoq boylar uçun möljallangan qimmat avtolar uçun çiqarib berilgan.
Yana kabinetda ötirganlar özini ijtimoiy davlatmiz deb karillaşni xuş körişadi. Ijtimoiy davlat kekirib yotgan boylar uçun maxfiy qaror asosida bojsiz avto olib kelişga qöl urib, örtahol va kambağallar qöli yetadigan avtolarga esa ajdarhoça bojlar solmaydi.
Yoqilği krizisiga röpara bölgan bir şaroitda kiçik litrajli va tejamkor avtomobillar uçun ajdarho bojlarning mavjudligi ikki karra absurd körinadi. Bu absurd zudlik bilan bekor qilinişi kerak”.
Post tugadi.
👉 @xushnudbek 👈


