Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal
Sport

Marokaş — mundial yarim finaliga çiqqan ilk Afrika jamoasi

Albom10-dekabr, 2022, 22:242 daqiqa0 koʻrish

Marokaş — mundial yarim finaliga çiqqan ilk Afrika jamoasi!

Mağrib ertagi davom etmoqda. Portugaliya ham bu qattiq yonğoqni çaqa olmadi. Umuman portugallar Marokaş himoyasiga qarşi heç narsa qila olmadi.

42-daqiqada An-Nosiriy tomonidan urilgan gol yagonaligiça qoldi.

Şunday qilib, Marokaş Jahon çempionati yarim finaliga çiqqan ilk Afrika jamoasiga aylandi. Özi umuman şu çoqqaça ötkazilgan Jahon çempionatlari tarixida Yevropa va Janubiy Amerikadan bölmagan faqat 3 tagina jamoa yarim finalga çiqa olgan:

AQŞ — 1930-yil;
Janubiy Koreya — 2002-yil;
Marokaş — 2022-yil.

Yana bir fakt: uşbu turnirda hali birorta jamoa Marokaş darvozasiga gol ura olmadi. Kanada bilan öyinda ötkazilgan bittagina gol ham avtogol bölib, marokaşliklar öziga-özi urgandi.

Kriştianu Ronaldu katta ehtimol bilan özining oxirgi mundialini çorak finalda yakunladi. U maydonni yiğlagança tark etdi. Afsus Messi va Ronaldu qarama-qarşiligini Jahon çempionati finalida köriş nasib qilmadi.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek