Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal
Muhim

Endi boğça tarbiyaçilari ham vazir jamğarmasidan ustama olişi mumkin

Albom27-fevral, 2025, 11:152 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

❗️Endi boğça tarbiyaçilari ham vazir jamğarmasidan ustama olişi mumkin

Bu böyiça Vazirlar Mahkamasining qarori qabul qilindi. Unga köra, endi vazir jamğarmasidan har oylik ustama oliş uçun nomzodlar röyxati avvalgidek hududiy kengaşlar tavsiyasi asosida şakllantirilmaydi.

✅ Sinovlarda barça fan öqituvçilari, şuningdek, MTT tarbiyaçilari ham iştirok etib, ustama uçun daʼvogarlik qilişlari mumkin;

💰Bundan taşqari, malaka toifa test sinovlarida iştirok etib (ikkala bosqiçda), oliy va birinçi malaka toifasiga erişgan (yoki saqlagan) hamda 86 va undan yuqori ball töplagan pedagoglarga 70 foiz ustama beriladi;

📝 Bilim va malakalarni baholaş agentligi tomonidan beriladigan umumtaʼlim fanini biliş darajasi töğrisida sertifikatga ega bölgan pedagoglar navbatdagi majburiy attestatsiyaning birinçi bosqiçi (mutaxassislik fani va kasb standarti) böyiça malaka sinovidan ozod qilinadi.

Maktabgaça va maktab taʼlimi vaziri Hilola Umarova vazir jamğarmasidan ustama olişning yangi tartibidagi özgarişlarni sodda tilda tuşuntiruvçi infografikalarni eʼlon qildi.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek