Sport
Gvardiola: Husanov allaqaçon hammaning yoqimtoyiga aylanib ulgurdi
Albom27-fevral, 2025, 08:553 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan
Gvardiola: Husanov allaqaçon hammaning yoqimtoyiga aylanib ulgurdi
Abduqodir Husanov töliq harakat qilgan uçraşuvda Mançester City mehmonda Tottenhem ustidan 1:0 hisobida ğalaba qozondi. Öyindan keyingi matbuot anjumanida Pep Gvardiola Abduqodir haqida fikr bildirdi:
"Husanov allaqaçon kiyiniş xonasida yoqimtoyga aylangan. Bugun u öyinga hatto tiş çötkasi va boşqa ortiqça narsalarsiz kelibdi. Heç narsa olmagan. Şunçaki futbol öynaş uçun keldi.
U bilan gaplaşsangiz, faqat kulib turadi, jilmayadi. Lekin u işonçli futbolçi.
U juda tez, judayam, judayam tezkor. Töp bilan muomala va uzatmalarining sifati ğayrioddiy darajada. U hali endi 20 yoşda. Vaqt ötgan sari yaxşilanib boraveradi.
Undagi tezlikni şu paytgaça körmaganman. Tezkor futbolçilarni köp körganman, lekin u eng yaxşilaridan biri.
Uni hamma yaxşi köradi. U kamgap, mehnatkaş, nolimaydi, juda kamtar. Şuning uçun işonçim komilki, muxlislarimiz uni sevib qolişadi.
"Çelsi"ga qarşi öyinning dastlabki 5 daqiqasida bölgan voqeadan söng özini önglaş oson emas edi, ammo u özini yöqotmadi hamda vaziyatni yaxşiladi. Sönggi öyinlarda juda yaxşi natija körsatdi", - dedi ManCity boş murabbiyi.
Öyindan söng ManCity rasmiy sahifalarida Abduqodir Husanov iştirokida bir neçta videolar joylandi. Va u yerda har doimgidek özbeklar juda faol :) Xursandçiligimizga köz tegmasin, ilohim.
👉 @xushnudbek 👈
- 25 Telegram Stars



