Sport
«Abduqodir Husanov klub sönggi yillarda sotib olgan eng yaxşi futbolçi» — Pep Gvardiola
Foto23-sentabr, 2025, 19:212 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan
"Abduqodir Husanov klub sönggi yillarda sotib olgan eng yaxşi futbolçi ekanini tez orada tuşunib yetasiz" — Pep Gvardiola
"Mançester Siti"ning rasmiy Instagram sahifasida klub boş murabbiyi Pep Gvardiolaning özbekistonlik himoyaçi haqidagi fikrlari eʼlon qilindi.
Unda şunday deyiladi:
"U markazda öynay oladi, himoyaning çap qanotidan boşqa istalgan pozitsiyalarda öynay oladi, deb aytgan bölardim...
Ha, u hujumda köp vaziyat yarata olmasligi mumkin, ammo uning öyini öta işonçli va barqaror. Uning jismoniy imkoniyatlari, ortga qaytiş [tezligi] xuddi Kayl [Uolker]ning praym davrlarini yodimga soladi!
U ğoyat eʼtiborli, juda yoş, örganişga intiladi. Biz duç kelgan kuçli, jiddiy raqiblarga qarşi u haqiqatan ham aʼlo öyin körsatdi.
U juda yoş bölişiga qaramay, avvaliga Özbekistondan Fransiyaga kelib moslaşdi, keyin bu yerga kelgaç, biz uçun qiyin bölgan mavsumda tezda jamoaga kirişib ketdi...
Agar yangi joyga kelganingda hammasi joyida bölsa, moslaşiş oson keçadi. Ammo bizda unday emasdi. Bizda bor harakatlar va uslublarni u aqlbovar qilmaydigan darajada tez örganmoqda.
Öylaymanki, u klub sönggi bir neça yillar davomida sotib olgan eng yaxşi futbolçi ekanini tez orada tuşunib yetasiz. Bu yigit hali uzoq vaqt 'Mançester Sitiʼda qoladi".
Abduqodirga omad tilaymiz. APLdagi eng zör himoyaçilardan biri sifatida tarixga kirsin, ilohim.
👉 @xushnudbek 👈
- 36 Telegram Stars

