Buxoroliklar şahardagi sport majmuasi buzilişidan norozi bölib prezidentga murojaat yölladi
Buxoroliklar şahardagi sport majmuasi buzilişidan norozi bölib prezidentga murojaat yölladi. Vazir bunga javoban bu hali loyiha ekanini aytmoqda
Quriliş va uy-joy kommunal xöjaligi vaziri Botir Zokirov Buxorodagi holat yuzasidan quyidagilarni maʼlum qildi:
“Markazning loyiha taklifi bölgaç, jamoatçilikka muhokama uçun qöyiladi. Buxoro şahrida aholi uçun alohida taqdimot qilib beriladi. Ayni vaqtda örganiş işlari olib borilmoqda, xolos. Bu degani ertadan buziliş boşlanadi degani emas, hali oxirgi nuqta qöyilganiça yöq. Bu hozir loyiha taklifi, hali YUNESKO bilan kelişiş bosqiçi bor.
Hozir markaz tuşadigan joyda xatlov işlari olib borilmoqda. Yaʼni tartibga köra, u yerda qança bino bor, kimga tegişli ekani haqida maʼlumot yiğiladi. Agar markaz örnida joylaşgan bino va inşootlar buziladigan yoki boşqa joyga köçiriladigan bölsa, loyiha tanlovida yutgan tadbirkorlik subyekti tomonidan örniga örin qurib beriş yoki örnatilgan tartibda kompensatsiya tölib beriladi. Loyiha va quriliş işlariga kamida ikki yil vaqt ketadi”, — deydi vazir.
👉 @xushnudbek 👈


