Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal
Fikr

Buxoro şahri markazi buziladi, stadion örniga turistik majmua quriladi

Matn14-yanvar, 2023, 12:182 daqiqa0 koʻrish

Buxoro şahri markazi buziladi, stadion örniga turistik majmua quriladi

Agar bu amalga oşsa, menimça, Yangi Özbekiston tarixidagi eng notöğri va yomon loyihalardan biri böladi.

Rejaga köra, Buxoro şahri markazidagi 29 ta bino va inşoot buzilib, 32,6 gektar yerda Buxoro turizm markazi quriş rejalaştirilgan. Buzilişi mumkin bölgan binolar orasida viloyat va şahar hokimliklari, viloyat prokuraturasi, Majburiy ijro byurosi binosi ham bölişi mumkin. Şuningdek, buzilişi aniq bölgan obyektlardan biri bu yaqindagina katta pul evaziga taʼmirlangan Buxoro markaziy stadionidir.

Loyiha yuzasidan ayrim fikrlarimni bildirmoqçiman:

1️⃣ Eng avvalo bir narsani yaxşi tuşunişimiz kerakki, Buxoroga turistlar zamonaviy sunʼiy köl yoki sunʼiy markazni köriş uçun kelmaydi. Bunaqa narsani köraman desa, tinçgina Dubayga boradi, ham arzon, ham biz qurmoqçi bölgan joydan ming marta zör.

Turistlarga tariximiz kerak. Tamom. Bu bahslaşadigan masala emas.

2️⃣ Garçi bu xususiy pullarga qurilyapti, deyilgani bilan, davlatdan ham xarajat ketadi. Kiçkina summa emas. Buxoroda haligaça 3 smenali maktablar bor paytda şunçaki tayyor binolarni buziş yoki köçiriş uçun bunaqa katta xarajat sarflaş kelajak avlod uçun adolatli emas. Undan köra, tayyor binolarni buzişga sarflanadigan pullarni taʼlimga sarflagan töğri emasmi?

3️⃣ Bu kabi turistik markazlar bizga kerakmi, aniqroği ayrim şaxslarga emas, davlat va jamiyatga foydasi bormi özi, degan savollarga aniq javob yöq. Javobni qanday oliş mumkin?

Eng avvalo Samarqandda qurilgan xuddi şunaqa turistik markaz bor. Avval 4-5 yil kutaylikçi, öşa markaz qanaqadir foyda keltirsa, keyin boşqa joyda ham şunaqa qimmat loyiha haqida öylab köriş mumkindir.

4️⃣ Bir narsani töğri tuşuning, masalan, mana şu turistik markazni 5 yildan keyin qursak, biz taxminan 5 yil vaqt yöqotamiz. Tamom.

Lekin ehtiyojimiz böla turib, maktablarni 5 yildan keyin qursak, biz taxminan 50 yil yöqotamiz.

5️⃣ Mayli, xöp, turistik markazni hozir qurişimiz şart ekan. Ayrimlar kutib turolmas ekan, tuşunarli. Lekin şuni xuddi Samarqanddagi kabi şaharga tutaş böş maydonda qursak bölmaydimi? Şaharning qoq markazidagi şunça binoni, sport obyektlarini buziş şartmi?

Agar maqsad turist köpaytiriş bölsa, balki, turistlarni köpaytirişning boşqa, konkret yöllarini qilib körarmiz. Masalan, havo yöllari monopoliyasini yöqotiş, logistikani yaxşilaş, PRni kuçaytiriş va h.k.

Maʼlumot uçun: ijtimoiy tarmoqlarda #saveBukhara xeştegi orqali köpçilik uşbu loyihaga qarşiligini bildirmoqda.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek