Muhim

Bugundan uzoq kutilgan aholi va qişloq xöjaligini röyxatga oliş boşlandi

Video15-yanvar, 2026, 15:4515 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Bugundan uzoq kutilgan aholi va qişloq xöjaligini röyxatga oliş boşlandi

Bugundan aholini röyxatga oliş boşlandi. Bu mustaqil Özbekiston tarixidagi katta voqelik. Sababi oxirgi marta röyxatga oliş 1989-yilda ötkazilgan edi, aslida esa tadbir har 3-5 yilda qilinişi kerak.

Röyxatga oliş dastlab onlayn tarzda boşlandi. Toki 31-yanvargaça census.stat.uz saytida OneID tizimi orqali onlayn röyxatdan ötiş mumkin.

Undan keyin esa onlayn röyxatdan ötmaganlar uçun “Mahalla yettiligi” aʼzolari uyma-uy yurib, planşetda röyxatga olişni boşlaydi. Bu tadbirlar 4-28-fevralda böladi.

Agar siz hozir onlayn röyxatdan ötib qöysangiz, keyin sizni bezovta qilişmaydi, ovoragarçilik ham, xarajat ham kamroq böladi.

Eng yaxşi tomoni bir kişi butun boşli uy xöjaligi uçun röyxatdan ötsa böladi. Uy xöjaligi deganda katta oila nazarda tutilmoqda. Masalan, bir xonadonda birga yaşaydigan ota-ona, ularning farzandlari, kelinlari, nabiralari hammasi bitta uy xöjaligi hisoblanadi. Va hammasi uçun bir kişi anketani töldira oladi.

Masalan, men butun oilamiz uçun töldirib, yubordim. 5 kişi uçun taxminan 30 daqiqa vaqtim ketdi. Lekin bu xuddi şu vaqt hamma uçun degani emas. Masalan, 15 kişilik uy xöjaligi uçun 1 yarim soat vaqt ketarkan, deb öylamang. Sababi köp savollar oilada neça kişi bölişidan qatʼi nazar umumiy böladi.

Yana röyxatdan ötganlar bormi? Ötib qöyinglar, qiyin emas. Yuqoridagi videoda tartibi tuşuntirilgan.

👉 @xushnudbek 👈

  • 5 Telegram Stars
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek