Sport

Bugun şaxmat böyiça Jahon kubogi finali boşlanadi

Albom22-avgust, 2023, 15:253 daqiqa0 koʻrish

Bugun şaxmat böyiça Jahon kubogi finali boşlanadi.

Finalda 🇳🇴Magnus Carlsen (2835) hamda 🇮🇳Rameşbabu Praggnanandhaa (2707) kuç sinaşadi.

Final qanday natija bilan tugaşidan qatʼi nazar, uşbu turnirning asosiy qahramoni, şubhasiz, 18 yoşli hind grossmeysteri Praggnanandhaa böldi. U musobaqa davomida dunyo reytingidagi 2 va 3-örinda borayotgan Hikaru Nakamura hamda Fabiano Caruana kabi kuçli şaxmatçilarni turnirdan çiqarib yubordi. Bugun esa u dunyo reytingi peşqadamiga qarşi dona suradi.

Şuningdek, Pragg şaxmat toji uçun nomzodlarning saralaş turniriga ham yöllanmani qölga kiritdi.

3-örin uçun bahsda esa 🇺🇸Fabiano Caruana (2782) hamda mezbon grossmeyster 🇦🇿Nijat Abasov (2632) bahslaşadi.

***

Ayollar örtasidagi Jahon kubogida esa rossiyalik grossmeyster Aleksandra Goryaçkina çempion böldi.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek