Bugun Qosim-Jömart Töqayev va Rejep Tayyip Erdöğan özaro stol tennisi öynaşibdi

Albom12-oktabr, 2022, 20:312 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Bugun Qosim-Jömart Töqayev va Rejep Tayyip Erdöğan özaro stol tennisi öynaşibdi.

Bu haqda Qozoğiston prezidentining Instagramdagi sahifasida suratlar eʼlon qilingan. Ammo kim ğalaba qilgani aytilmagan.

Bu ikki prezidentning birinçi marta stol tennisi öynaşi emas, ular joriy yilning may oyida Töqayevning Turkiyaga taşrifi paytida ham stol tennisida özaro kuç sinaşgandi.

Töqayev öz vaqtida 13 yil davomida Qozoğiston stol tennisi federatsiyasining prezidenti bölgan. Demak, Erdöğan ham uşbu sport şaydolaridan biri.

P.S.: maktab davrlarida stol tennisidan bir qança turnirlarda çempion bölgan yana bir Prezidentni bilaman, balki qaçondir imkon tuğilsa Töqayev va Erdöğan ular bilan ham şunaqa öynab qolişar, kim bilsin. Har holda qiziq bölardi...

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek