Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal
Fikr

Işi yöq it suğorar, deydiku

Matn12-oktabr, 2022, 18:332 daqiqa0 koʻrish

​Işi yöq it suğorar, deydiku.

Toşkent şahar IIBB ijaraçi qizlarni çiqarayotgan ayol haqida rolik suratga olgan 1-kurs talabasini topib, u bilan profilaktik suhbat ötkazibdi va uzr sörattiribdi. Yana qöşimçasiga yoş talabaga "soxta obrö orttiriş maqsadida" deya tamğa ham qöyibdi.

👏 Vooo, barakalla, juda katta jinoyatçini uşlabsizlar, qoyil sizlarga. Poytaxtda IIBB kuraşadigan birorta jinoyat qolmadimi, nima balo? Butun Toşkent qonunlarga böysunib yaşayotganidan zerikib ötirganmidinglarki, beçora talabani qidirib topib, salkam 1 kun vaqtingizni şunga sarflabsizlar.

🤷‍♂️ Xöp, sizlar haqingizda yaxşi gumonda bölib, dastlab rezonansli videoni haqiqat deb öylab, öşa ayolni qidirgansizlar, ham deylik. Ammo keyin buning sahnalaştirilgani maʼlum bölgaç, talabani omma oldida sazoyi qilib balo bormidi?

😳 Dard ustiga çipqondek, Toşkent şahar IIBB kanalida uşbu video tagiga "Internetda tarqalayotgan videolarning hammasi ham HAQIQAT EMAS" deb yozib ham qöyişibdi.

⁉️ Nimasi haqiqat emas? Uy egalari Rossiya fuqarolari oqimi köpaygani uçun ijara narxini otning kallasidek qilib olgani haqiqatmasmi? Kuppa-kunduz kuni pul uçun uyidan ijaraçilarni köçaga haydab çiqarayotgani, talabalar oyoği kuygan tovuqdek ijaraga uy qidirib yurgani yolğonmi? Minglab uy egalari lafzidan qaytib, "yoki qimmatroq tölaysan, yoki çiqib ket", demayaptimi nima balo? Unda Toşkent şahar IIBBdagilar körmi yoki karmi?

😠 Qaçondan buyon biror ötkir muammoli vaziyatga bağişlab rolik suratga oliş qonunbuzarlik yoki soxta obrö orttiriş bölib qoldi? Qaçon buyon içki işlar organlari erkin ijodni taʼqib qilmoqda?

💯 Ijtimoiy tarmoqlarda nega bu rolik keskin va nafrat bilan kutib olindi, bilasizlarmi? Çunki videodagi bu holat — AYNI HAQIQAT! Ön minglab odamlarning DARDI bu!

🤦‍♂️ Şarmandalik! Toşkent şahar IIBB qilgan işdan uyalib ketdim oçiği.

👍 Öşa 1-bosqiç talabasi va uning kursdoşlari faoliyatiga esa omadlar tilayman! Hali endi boşlanğiç kurs bölişiga qaramasdan, yaxşi sahnalaştirib, xuddi real hayotga öxşatib suratga olibdi, barakalla. Agar öqişdan böş vaqtida imkoni va xohişi bölsa, bajonudil ÖzA Media markaziga işga olişga ham tayyormiz. Bizga aynan şu kabi ötkir va hayotiy reportajlar yetişmayapti.

P.S.: aytgança, bu postni men ham "soxta obrö orttiriş maqsadida" yozdim. Meni ham profilaktik suhbatga çaqirişlaringiz mumkin, tayyorman.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek