Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

9 oyda 1,4 mln quti noqonuniy tamaki musodara qilindi, şundan 25 ming qutisi yöq qilindi

Albom12-oktabr, 2022, 20:002 daqiqa0 koʻrish

Joriy yilning dastlabki 9 oyi davomida Özbekiston bojxona organlari tomonidan 1,4 million quti noqonuniy tamaki mahsulotlari musodara qilingan bölib, şundan 25 ming quti taşkil etilgan maxsus tadbirlarda yöq qilindi.

Kontrafakt mahsulotlar bilan boğliq jinoyatlar haqidagi xabarlarga tez-tez közimiz tuşayotgan bir paytda, jinoyatçilar öz faoliyatining oqibatini körişlari uçun ham bu kabi namoyişkorona yöq qiliş tadbirlarini köpaytiriş lozim.

Sifat nazoratidan ötmagani sababli noqonuniy sigaretalar salomatlikka bir neça barobar köproq zarar yetkazadi. Narxi arzon bölgani uçun çekuvçilarning katta qismi kontrabanda sigaretlarini sotib olişadi. Çunki qonuniy tamaki mahsulotlarini sotib olişga ularning qurbi yetmaydi.

Bundan taşqari, qonunçilik böyiça sigareta qutilariga ogohlantiruvçi suratlar (çekiş oqibatlari haqida ogohlantiruvçi köngilni xira qiladigan suratlar) yopiştirilişi kerak. Maʼlum bir xaridorlar esa ularni körmaslik maqsadida noqonuniy, lekin jozibador qutilarga qadoqlangan sigaretlarni sotib olişadi.

Mutasaddilar kontrabandaga qarşi kuraşda bu jihatlarni albatta inobatga olişadi degan umiddamiz.

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek