Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal
Rasman

Bolalar uçun kontent yaratuvçi yuridik şaxslar 2030-yilgaça foyda soliğidan ozod qilinadi

Matn18-may, 2025, 12:161 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

👶Bolalar uçun möljallangan kontentlar yaratuvçi yuridik şaxslar 2030-yilgaça foyda soliğidan ozod qilinadi

Bu böyiça Prezident qarori qabul qilindi.

💰Unga köra, bolalar uçun möljallangan kontentlar yaratişdan olgan daromadi jami yillik daromadining kamida 80 foizini taşkil etgan yuridik şaxslar 2025-yil 1-iyuldan 2030-yil 1-yanvarga qadar:

🔹foyda soliği tölaşdan ozod qilinadi;

🔹ijtimoiy soliqni 1 foiz miqdorida tölaydi;

🔹yuridik şaxslarga bolalar uçun möljallangan kontentlar yaratiş bilan boğliq bölgan xarajatlarini foyda soliğini hisoblaşda çegirib taşlaş huquqi beriladi.

📃 Bolalar uçun möljallangan kontentlar yaratiş yönalişida yuqori malakali kadrlar tayyorlaş maqsadida har yili “El-yurt umidi” jamğarmasi tomonidan jahondagi yetakçi oliy taʼlim taşkilotlarida bakalavriat dasturlari böyiça kadrlar tayyorlaş uçun 5 ta kvota ajratiladi.

👉 @xushnudbek 👈

  • 4 Telegram Stars
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek