Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal
Muhim

Bitiruvçilar va abituriyentlar diqqatiga!

Matn11-fevral, 2019, 10:251 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Bitiruvçilar va abituriyentlar diqqatiga!

Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 10-yanvardagi «Özbekiston Respublikasida ölçam birliklarini qöllaş töğrisida»gi 21-son qaroriga muvofiq respublikamizda qöllaşga ruxsat berilgan Xalqaro ölçamlar tizimining (SI) ölçam birliklari nomi va belgilanişini öquv, öquv-metodik va turli maʼlumotlar beradigan yordamçi adabiyotlarda qöllaş nazarda tutilgan.

❗️Davlat test markazi mazkur qaror ijrosini taʼminlaş maqsadida joriy yil OTM bakalavriatiga qabul test topşiriqlari bazasini şakllantiriş jarayonida qöllaniladigan ölçam birliklariga qarorga muvofiq tegişli özgartirişlar kiritmoqda.

Masalan, uzunlik ölçov birligi santimetrning qisqaça belgilanişi sm qarorga muvofiq cm körinişida qöllaniladi.

Qaror bilan kiritilgan özgarişlardan ayrim misollar:

santimetr – sm => cm;
gektar – ga => ha;
ar – ar => a;
massaning atom birligi – m.a.b => u;
millimetr simob ustuni – mm.simob.ustuni => mm Hg;
soat – soat => h;
sutka – kun => d;
kilovatt-soat – kW-soat => kW-h;
amper-soat – A-soat => A-h.

Barça bitiruvçilar va abituriyentlar mazkur özgarişlardan xabardor bölişlari lozim.

Özgarişlarning töliq röyxati bilan quyidagi fayl orqali tanişib olişingiz mumkin 👇

https://t.me/joinchat/AAAAAEe1KDC7Hm03UPVooQ

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek

Shu postdan oldin

  1. Rey Bredberining «Raketa» hikoyasi haqida

    0 koʻrish1 daqiqa

  2. Mustaqillik va Navoiy

    0 koʻrish1 daqiqa

Yana oʻqing