Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal
Muhim

Barçaga döstona maslahat: şahidlik haqidagi maʼruzalarni saqlamang va tarqatmang

Matn19-iyul, 2023, 09:002 daqiqa0 koʻrish

❗️BARÇAGA DÖSTONA MASLAHAT:

Avval ham bir neça bor eʼlon qilgan maslahatimni yana bir marta takrorlamoqçiman, bu ayniqsa ota-onalarga taalluqli:

Şahidlik haqidagi maʼruzalarni saqlamang, tarqatmang, tarğib qilmang! Kimdir tarqatsa, uni ham ogohlantiring, unaqa guruhlardan çiqib keting. U hattoki, qarindoşlaringiz, sinfdoşlaringiz, kursdoşlaringiz yoki boşqa tanişlaringiz guruhi bölsa ham. Lentangizda şunaqa videolar çiqib qolsa, layk bosib ötirmang (layk bosganlar ham javobgarlikka tortiladi va amaliyotda bunaqasi bölgan).

Özi umuman diniy maʼruzalarni faqat Özbekistondagi işonçli rasmiy manbalardan eşiting. Özini asraganni Alloh ham asraydi. Boşqalar qilayotgan xatolardan töğri xulosa çiqariş kerak, hadeb bir xil xatoni takrorlayvermasdan.

Tuşunarli bölişi uçun, avval aytgan fikrimni yana takrorlayman, naşid tarqatgan yigitlar atrofidagi bahslar ham faqat ularga berilayotgan jazolar atrofida bölyapti. Ammo bu işlarning noqonuniyligi böyiça bahsga heç qanday örin ham yöq, sababi Özbekiston dunyoviy davlat sifatida qonunlarda aniq nima mumkin yoki nima mumkin emasligi belgilab qöygan. Jaydari tilda aytganda, taqiqlangan diniy materiallarni tarqatgan öşa yigitlar "ular aybsizku, nohaq ayblandi", deb himoya qilinmayapti, jazoni qayta körib çiqaylik, deyilyapti. Bu ikkalasining farqi JUDA KATTA.

Tağin siz ham bölayotgan bahslarni "bu aslida mumkin ekan-u, lekin yöq joydan jazo berişibdi" deb öylab yurmang. Ertaga bu işlar sizning boşingizga ham tuşişi mumkin va şunda ham sizni heç kim "bu aybsiz" deb himoya qilmaydi. Nari borsa, jazosini sal yengillataylik, deb söraşi mumkin xolos (lekin bundan foyda böladimi, yöqmi, Xudo biladi). Çunki sudning işiga heç kim aralaşolmaydi baribir, biz qonun doirasida mustaqil şunaqa jazo tayinladik, desa, özgartirib bölmaydi.

Qonunlar qay darajada tasavvurimizda töğri yoki notöğri bölmasin, ular baribir qonun. Tamom vassalom.

Şu sababli öylab iş qiling. Keyin afsuslanib, keyin janjal qilib, keyin internetda şov-şuv bölib yurgan bilan foyda yöqligini amaliyotda bir neçta misollarda köryapmiz.

HURMATLI OTA-ONALAR! Iltimos, farzandlaringizga, ayniqsa ösmir yoşlarga sal eʼtiborli böling. Ularning yon-atrofi, döstlari, qiziqişlari, internetda körayotgan manbalari, Telegram guruhlari va boşqalar böyiça sal huşyorroq böling. Bugun farzandi taqdiriga befarq bölganlar, ertaga attang deb qoladi, lekin unda keç böladi.

Bu gaplarni çin dildan, qamalib ketayotgan yoş-yoş yigitlarning ota-onalari çekayotgan azob-uqubatlarni körib, azbaroyi içim açiganidan aytayapman (keça Jahongirning onasining rasmini körib, ança ezildim).

Öşa gap: özini asraganni Alloh ham asraydi.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek