Anomal sovuq natijasida qiyinçilik körgan tadbirkorlarga yengilliklar beriladi
⚡️Anomal sovuq natijasida qiyinçilik körgan tadbirkorlarga yengilliklar beriladi
Ayni daqiqalarda Şavkat Mirziyoyev Namangan viloyatida tadbirkorlar bilan uçraşmoqda.
«Bu yil qiş nihoyatda sovuq keldi. Köplab tadbirkorlar bundan qiynalganini bilib turibman», — dedi Prezident.
Xususan, respublikada 3 mingta hududiy sanoat korxonasida 7 trillion sömlik mahsulot işlab çiqarilmagan (ularda 350 ming aholi band).
Hisob-kitobga köra, zarur çoralar körilmasa, birinçi çorakda yalpi mahsulot ösişi 1,5 foizgaça pasayişi mumkin (5 foizdan 3,5 foizgaça).
❗️«Oldimizda dolzarb vazifa — “qattiq sovuq” oqibatlarini bartaraf etib, biznes faoliyatini tezroq izga tuşiriş», — dedi Şavkat Mirziyoyev.
Şu bois, iqtisodiyotda yöqotişlar örnini qoplaş va biznesni qöllab-quvvatlaş uçun bugun alohida Prezident qarori imzolangan.
👉 @xushnudbek 👈


