Adliya vazirligi Oila va xotin-qizlar qömitasiga ogohnoma yuboribdi
Adliya vazirligi Oila va xotin-qizlar qömitasiga ogohnoma yuboribdi
Yodingizda bölsa, 5 yil stajga ega xotin-qizlar uçun tavsiyanoma olişga arizalar qabuli boşlangani, lekin uşbu jarayonda Oila va xotin-qizlar qömitasi talabgorlardan Prezident farmonlari bilan taqiqlangan hujjatlarni sörayotgani haqida yozgan edim.
Bugun Adliya vazirligi uşbu masala yuzasidan munosabat bildirdi va mazkur holat qonunçilikka zidligi, şu sababli Qömitaga ogohnoma yuborilganini maʼlum qildi.
❓Qömita nima uçun qonunçilikka zid ravişda bunday hujjatlarni sörayapti?
Masalaning içiga biroz çuqurroq kirsangiz, qiziq holatga duç kelasiz.
Tavsiyanomalar beriş jarayoni Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 9-iyundagi 322-sonli qarori bilan tartibga solinadi. Uşbu qarorda talabgor xotin-qizlardan heç qanday hujjat söraş nazarda tutilmagan. Aksinça, Hukumat qarorida aniq va tiniq qilib, talabgorlarning maʼlumotlari «Elektron hukumat» tizimidan tekşirilişi yozib qöyilgan.
Ammo mana şu qaror bilan tasdiqlangan Nizomning 2-ilovasida talabgorlar topşiradigan ariza namunasi keltirilgan. Ariza namunasida esa "Arizaga quyidagi hujjatlarni ilova qilaman:" deya 3 ta hujjat röyxati sanab ötilgan.
Katta ehtimol bilan, Qömita aynan arizadagi mana şu gapdan kelib çiqib, 3 yildan buyon xotin-qizlardan ortiqça hujjat sörayapti. Bizning byurokratlarga maydagina asos bölsa, yetadi. Bir emas, ikkita Prezident farmonidan köra, Hukumat qarorining ilovasi bilan tasdiqlangan Nizomning ilovasidagi bittagina jumla ustunlik qilaveradi.
Menda yana boşqa savol ham bor. Qanday qilib, 2022-yilda imzolangan Hukumat qarorida Prezident farmoniga zid yozuvlar ketib qolgan? Heç kim "hoy, baraka topgurlar, qarorda heç qanaqa hujjat topşiriş talab etilmayapti, nega ariza namunasida bunaqa gap bölişi kerak" degan savolni bermaganmi? Adliya vazirligi hujjatni ekspertizadan ötkazmaganmi?
Va asosiy savol: xöp, endi xotin-qizlardan noqonuniy hujjatlar talab qiliş davom etaveradimi yoki bu töxtaydimi?
👉 @xushnudbek 👈


