Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal
Muhim

Abituriyentlarni onlayn röyxatga oliş boşlandi

Video5-iyun, 2024, 13:506 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

‼️Qabul oçildi
#abituriyent

Bugundan boşlab abituriyentlar my.uzbmb.uz sayti orqali onlayn röyxatdan ötişlari mumkin. Röyxatda ötiş jarayonini videoda tuşuntirib berganman.

Muhim joylari:

➖ abituriyentlar 5-iyundan 25-iyunga qadar (25-iyun kuni ham) test sinovi topşiriş uçun röyxatdan ötadi. Bunda abituriyentlar faqat test sinovi topşiriladigan fanlar majmuasi, taʼlim tili va test topşiriş hududini tanlaydi xolos;

➖ agar kiriş imtihonlari tarkibida kasbiy (ijodiy) imtihon bölsa, uşbu imtihonni topşiradigan davlat oliy taʼlim muassasasini tanlaydi. Bunda aynan özi kirmoqçi bölgan OTMda ijodiy imtihon topşiriş şart emas. Masalan, kimdir Özbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiya universitetiga kirmoqçi bölsa, unda ijodiy imtihonni istalgan hududda, aytaylik Buxoro yoki Andijonda topşirsa ham böladi;

➖ Test topşiriş hududi qismida Söx va Denov tumani ham bor. Yaʼni Söx tumanidagilar Farğona şahriga, Denov hamda uning atrofidagi tumanlar Termiz şahriga kelişi şart emas;

➖ Avvalgi yillarda bitirganlar testga kiriş uçun 170 ming söm miqdorida tölov qilişi kerak böladi. Tölovni 25-iyungaça bölib tölaş ham mumkin, undan keçiksa, testga kiritilmaydi;

➖ fikri özgarib qolgan abituriyent 25-iyungaça qayta ariza topşirsa böladi. 25-iyundan keyin arizani özgartirişga ruxsat berilmaydi;

✅ Imtihonlar iyul–avgust oylarida ötkaziladi.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek