Sobiq MXX binosida 53 tup köp yillik daraxt noqonuniy köçirilgani aniqlandi
Sobiq MXX binosida 53 tup köp yillik daraxt noqonuniy köçirilgani aniqlandi
Ijtimoiy tarmoqlarda 2024-yilning 16-22 may kunlari Toşkent şahrida Yunusobod tumani Sayilgoh köçasi 1-uy manzilidagi sobiq MXX binosi hududida köp yillik daraxtlar köçirilayotgani haqida xabarlar tarqalgandi.
Aniqlanişiça, mazkur hududda olib borilayotgan quriliş loyihasi doirasida “M.M” MÇJ tomonidan jami 53 tup qimmatbaho navli (eman, qarağay, aylantus va boşqalar) qonunga zid ravişda köçirib ketilgan.
Holat yuzasidan daraxtlarni noqonuniy köçirgan xöjalik yurituvçi subyekt masʼul va mansabdorlariga nisbatan jinoyat işi qözğatilgan.
Maʼlumot uçun, sobiq MXX binosi 2021-yilning iyun oyida Komilov Doniyor Abdulazizoviç taʼsisçiligidagi “METROPOL GROUP” MÇJ tomonidan 210 milliard sömga sotib olingandi.
👉 @xushnudbek 👈
