Abituriyentlar uçun joriy yilgi qabul 20-iyundan 20-iyulgaça böladi
Abituriyentlar uçun joriy yilgi qabul 20-iyundan 20-iyulgaça böladi
Bu aslida yangilik ham emas, amaldagi qonunçilik böyiça ayni şu muddatda qabul bölişi belgilangan. Lekin avvalgi yillarda kvotalar tasdiqlanmasdan qabul keçikib boşlangan paytlari ham bölgan. Balki rasmiylar “bu yil biz aniq muddatida ulguramiz, keçikmaymiz”, demoqçi bölgandir. Mayli, yaqinlaşaversin-çi, köramiz. Bunaqa vaʼdalarni oldin ham köp berişgan.
Yana bir qiziq jihat. Bilim va malakalarni baholaş agentligi (sobiq DTM) direktori Majit Karimov “joriy yilgi qabulda abituriyentlar uçun yangilik qilyapmiz, endilikda 5 tagaça yönaliş tanlayotganda taʼlim şaklini (kunduzgi, sirtqi, keçki, masofaviy) ham turliça tanlaşiga ruxsat beriladi”, debdi.
Lekin bu yangilik 2022-yili joriy qilingandi. Yaʼni ötgan yili ham abituriyentlar istasa 1-yönalişga kunduzgini, 2-yönalişga sirtqini, 3-yönalişga keçkini va h.k tanlaşi mumkin bölgan edi.
Qiziq, nega bor yangilikni yana yangilik deb eʼlon qilişyapti? Yoki men nimanidir tuşunmay qoldimmi?
👉 @xushnudbek 👈



