Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal
Fikr

Yaqinda «Mahalla» telekanalining «Minbar» tok-şousiga çaqirişgandi

Video21-may, 2023, 15:346 daqiqa0 koʻrish

Yaqinda “Mahalla” telekanalining “Minbar” tok-şousiga çaqirişgandi. Mavzu: Taşabbusli byudjet

Menimça, qiziq körsatuv böldi, mana bu yerdan töliğini tomoşa qilişingiz mumkin.

Jumladan, körsatuv davomida xalqimizga murojaat qilib, Parlament va mahalliy kengaşlarga böladigan kelgusi saylovlarda faol bölişni, öşa okrugdagi aholining manfaatlari uçun ölib-tiriladigan, byudjet taqsimotida kerak bölsa hokimning yoqasidan olib talaşadigan deputatlarni saylaş kerakligini söradim.

Çunki salkam butun xalqni oyoqqa turğazgan Taşabbusli byudjet loyihasida ijtimoiy masalalarni hal qilişga yönaltirilgan byudjetning atigi 8%i ajratilgan xolos. Qolgan 92% mablağni qayerga sarflaşni yana hokimlar va amaldorlarning özi hal qilmoqda.

Şu sababli bizga xalq manfaatlarini himoya qiladigan “uyğoq” deputatlar kerak. Keyingi saylovlarda qöğirçoq, “tepadan” röyxati tasdiqlangan deputatlar saylanmasligiga erişa olsakgina, hududlar obod bölişi uçun navbatdagi katta qadamni taşlagan bölar edik.

Aytgança, Rasul Kuşerbayevning yozişiça, uşbu körsatuv efirga ketgaç, “Minbar” tok-şousini yopişyapti ekan. Barça syomkalari töxtatilibdi. Aytgandim-a, şu xosiyatsiz tepalikka çiqmaylik deb 🙈

Kallasi katta senzuraçi akalarimiz nimani gapiriş mumkin yoki mumkinmasligining röyxatini ham berib qöyişmabdi-da, şunda bizning kasrimizga bitta yaxşi körsatuv yopilib ketmagan bölarmidi…

Qaysi gapdan şunçalik qörqib ketişdi ekan, qiziq?

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek