Abdulla Oripovni xotirlab
Abdulla Oripovni xotirlab
Bugun Özbekiston Qahramoni, Özbekiston xalq şoiri, Özbekiston madhiyasining sözlari muallifi Abdulla Oripovning tuğilgan kuni!
Ustoz şoirimiz agar hayot bölganlarida 83 yoşga tölgan bölardilar. Bunaqa buyuk insonlar kamdan-kam dunyoga keladi.
“Keçki mutolaa” doirasida Abdulla Oripovning ayrim şeʼrlarini joylamoqçiman. Videolardagi şeʼrlarni şoirning özi öqigan.
TILLA BALIQÇA
Tuxumdan çiqdi-yu, keltirib uni
Şu loyqa hovuzga tomon otdilar.
Taşlandiq uşoq yeb ötadi kuni,
Xoru xas, xazonlar ustin yopdilar.
Dunyoda körgani şu tor hovuzça
Va gavjum tollarning aççiq xazoni.
Menga alam qilar, tilla baliqça
Bir kölmak hovuz deb bilar dunyoni!
ONA TILIM
Ming yillarkim bulbul kalomi
Özgarmaydi, yaxlit hamişa.
Ammo şörlik tötining holi
Özgalarga taqlid hamişa.
Ona tilim, sen borsan, şaksiz,
Bulbul kuyin şeʼrga solaman.
Sen yöqolgan kuning, şubhasiz,
Men ham töti bölib qolaman!
SALOM-ALIK
Umrimdan ming marta roziman, biroq
Gohida köksimni ortiq keribman.
Yoşlik – ğörlik ekan, anglamay köproq
Katta şaytonlarga salom beribman.
Vaqtning tezligiga hayron qolaman
Va kulib qarayman buning bariga.
Endi yoşim uluğ, alik olaman
Kiçik şaytonlarning salomlariga.
LÖTTIBOZ
Vijdonli odamlar ortgani sayin,
Löttiboz soni ham köpayib borar.
Tekinxör atalur bu qavm tayin,
Ajabki, köp işni şular boşqarar.
Vijdonning boşiga çiqqani köyi,
Özini mengzaydi tengi yöq dovga.
Jinjakça kelmaydi özining böyi,
Yoqsa, tutantiriq bölmas olovga.
IKKI ŞOIR
Bir şoir arz etdi ikkinçisiga:
— Döstim, şoirlikdan endi voz keçgum!
Qança intilmayin xalqning içiga,
Şeʼrimni öqimas, öqimas heç kim.
Ikkinçisi uni yupatib dedi:
— Oldinroq ketibman men sendan köra.
Xalq-ku öqimasdi meni ham, endi
Özim ham öqimay qöyganman, jöra.
👉 @xushnudbek 👈


