826 ta mahalla «Taşabbusli byudjet»ning keyingi 2 ta mavsumida iştirok eta olmaydi
826 ta mahalla ro‘yxati.pdf
PDF · 1,5 MB
❗️826 ta mahalla “Taşabbusli byudjet”ning keyingi 2 ta mavsumida iştirok eta olmaydi
Joriy yilgi 1-mavsumda 2 ming 11 ta mahalla (jami mahallalarning 21 foizi) ğolib deb topilgan bölib, bunda 2024-yilgi 2-mavsumda ğolib bölgan 826 ta mahalla bu mavsumda ham ğolib bölişni uddaladi.
Şu munosabat bilan uşbu mahallalar uçun joriy yilgi 2-mavsum hamda 2026-yilgi 1-mavsumlarda tanaffus beriladi.
❌ Yaʼni, mazkur mahallalar (şuningdek, ulardagi maktab, boğça, tibbiyot muassasalari va boşqa taşkilotlar) navbatdagi ikki mavsumda öz loyihalari bilan iştirok eta olmaydi.
📋 Tanaffus beriladigan mahallalarning töliq röyxati bilan yuqoridagi jadvalda tanişiş mumkin.
Ğoliblar röyxatiga aniqlik kiritilgan hollarda har mavsum boşlanişidan avval tanaffus berilayotgan mahallalar röyxati Iqtisodiyot va moliya vazirligining rasmiy sahifalari hamda “Oçiq byudjet” portalida eʼlon qilib boriladi.
👉 @xushnudbek 👈
- 2 Telegram Stars


