Imom Moturidiy yodgorlik majmuasini kengaytiriş uçun 217 ta turarjoy binosi buziladi
Imom Moturidiy yodgorlik majmuasini kengaytiriş uçun 217 ta turarjoy binosi buziladi
Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqandda 220 ta mulk ziyorat markazi uçun tortib olinayotgani haqidagi xabar tarqaldi. Holat yuzasidan Madaniy meros agentligi rasmiy munosabat bildirdi.
Prezidentning 2021-yil 9-fevraldagi farmoyişiga asosan, Imom Moturidiy yodgorlik majmuasi atrofini rekonstruksiya qiliş, ziyorat markazini taşkil etiş va xizmat körsatiş infratuzilmasini yaxşilaş rejalaştirilgan.
Mazkur farmoyişga asosan Imom Moturidiy yodgorlik majmuasining atrofini kengaytiriş maqsadida fuqarolarga tegişli bölgan 217 ta turarjoy binosi buzilişi qayd etilgan. Uşbu binolar Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 4-oktyabrdagi “Moddiy madaniy merosning köçmas mulk obektlari milliy röyxatini tasdiqlaş töğrisida”gi 846-sonli qarori bilan madaniy meros obekti sifatida milliy röyxatga kiritilmagan.
Aholiga kompensatsiya tölanadi, turarjoylar bozor qiymatida baholanadi.
Quriliş va obodonlaştiriş işlari Madaniy meros agentligi bilan kelişilgan tartibda amalga oşiriladi. Loyiha YuNESKOning Umumjahon merosi markaziga xabar berilgan holda olib boriladi.
Nazorat Samarqand viloyati Madaniy meros boşqarmasiga yuklatilgan.
👉 @xushnudbek 👈



