2026-yilgi 46-Butunjahon şaxmat olimpiadasi Samarqand şahrida ötkaziladi
2026-yilgi 46-Butunjahon şaxmat olimpiadasi Samarqand şahrida ötkaziladi. Bu haqda Prezident qarorida belgilandi.
Şuningdek, qarorga binoan:
➖ umumiy örta, örta maxsus, professional va oliy taʼlim muassasalarida “Maktab ligasi”, “Akademik litsey ligasi” “Professional taʼlim muassasalari ligasi” va “Talabalar ligasi” musobaqalari har yili uç bosqiçda tizimli ötkaziladi;
➖ 2024-yil 1-yanvardan boşlab yuqorida nomi tilga olingan musobaqalarda ğolib bölgan öquvçi-yoşlar va talabalar yil davomida har oyda bazaviy hisoblaş miqdorining 5 baravari miqdorida (1 mln 650 ming söm) “Şaxmat stipendiyasi” bilan rağbatlantiriladi;
➖ 2024-yildan boşlab har yili professional şaxmat klublari örtasida “Özbekiston birinçiligi” musobaqalari ötkazib boriladi.
👉 @xushnudbek 👈


